27 avg 11:52
Yangiliklar
Tennis

Uch nafar tennischimiz “PTK Open” turnirida ishtirok etadi
29 avgust kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tennis bo'yicha “PTK Open” turnirining asosiy to'r bahslari boshlanadi.
Bugun esa saralash uchrashuvlariga start berildi. Sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirda Sanjar Fayziev ham ishtirok etadi. Terma jamoamiz asosiy to'r bahslarida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi.
Yana ikki tennischimiz esa saralash bahslari orqali asosiy to'rga chiqishga urinib ko'radi. Saralash musobaqasida 9-raqam ostida tasniflangan SHonig'mat SHofayziev ilk bosqichda belaruslik Aleksandr Bulitskiga qarshi kortga chiqadi. Sardor Po'latov esa rossiyalik Vladimir Polyakov bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar