07 may 14:09
Yangiliklar
Uchkurash bo'yicha o'tkazilgan O'zbekiston chempionatidan FOTOREPORTAJ
Unda Andijon, Farg'ona, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridan iqtidorli yosh chavandozlar o'zaro bahs olib bordilar.
Musobaqa yakuniga ko'ra, o'smirlar o'rtasida buxorolik Umid Vafoev “Maksimal” tulporida, yoshlar orasida esa “Kross” laqabli otda ishtirok etgan qashqadaryolik Abror Esonov g'alaba qozondi. Qayd etish joiz, Esonov o'z omadini “Miragi” tulporida ham sinab ko'rgan edi va bu chiqishi unga kumush medalni taqdim etgan.
Uchkurash bo'yicha O'zbekiston chempionati
O'smirlar:
1. Umid Vafoev (Buxoro) – “Maksimal”
2. Elizaveta Karachan (Toshkent sh) – “Artur-2”
3. Maksim Dvoryanskiy (Toshkent sh) – “Allagir”
Yoshlar:
1. Abror Esonov (Qashqadaryo) – “Kross”
2. Abror Esonov (Qashqadaryo) – MIragi
3. Eldor Erkinov (Farg'ona) – “Farishta”
Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Fikrlar