02 mar 14:04
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 253. Asu Almabaevni nokaut qilishdi
Las-Vegasda UFC Fight Night 253 turniri bo'lib o'tdi.
Kechaning markaziy jangida qozog'istonlik Asu Almabaev Angola vakili Manel Kapega qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang 3-raundda Kapening texnik nokautli g'alabasi bilan yakunlandi.
Asu Almabaevning 17 talik g'alabali seriyasi yakunlandi. U UFC'da ham ketma-ket to'rtta g'alabaga erishgandi.
Ushbu turnirning prelim kardida hamyurtimiz Ramazon Temirov amerikalik CHarlz Jonsonni ochkolar evaziga mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar