25 iyu 18:37
Yangiliklar
UFC va Bellator kamarlariga sobiq davogar Konorning ligasida debyut qiladi
Bu haqda kubalik aralash yakkakurash ustasining o'zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
"O'ziga xos sovg'a tayyorlayapman. Xabaringiz bor, men bokschilar oilasidanman. Sportdagi faoliyatimdagi yagona orzum qoldi – boks ringida jang qilish. Lekin bu safar qo'lqopsiz boks jangida o'zimni sinab ko'raman. Tez orada nimadir bo'ladi", - dedi Romero.
Bu malumotni BKFC promousheni egalaridan biri Konor Makgregor ham tasdiqladi.
"Yaratganning askari!", - deya bu xabarga munosabatini bildirdi Konor.
Malumot uchun, Yoel Romero 2021 yilda UFC promoushenidan Bellator ligasiga ko'chib o'tgandi. U bu ligada 4 ta jang o'tkazdi. So'nggi jangida chempion Vadim Nemkovga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygan. SHu yilning fevral oyida kubalik 47 yoshli Yoel Ar-Riyod shahrida tashkil etilgan PFL va Bellator promoushenlarining qo'shma turnirida Tiago Santosni hakamlarning yakdil qarori bilan taslim etgan edi.
Fikrlar