14 mar 18:30
Yangiliklar

Uilyams 40 yoshida Tokio-2020 Olimpiadasida ishtirok etmoqchi
Amerialik tennischi Vinus Uilyams faoliyatini yakunlash haqida o'ylamayapti va 2020 yilda Yaponiyada bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
Agar u buni uddalay olsa, ushbu o'yinlar tennischi uchun faoliyatidagi oltinchisi bo'ladi.
Takidlab o'tish lozimki, Uilyams 2020 yilda 40 yoshga to'ladi. U 4 karra Olimpiada chempioni hisoblanadi. 2000 yilda yakkalik musobaqalarida g'alaba qozongan tennischi, 2008 va 2012 yillarda juftlik bahslarida oltin medalni qo'lga kiritgan.
Havola :
Manba : CNN
Fikrlar