17 dek 14:19
Yangiliklar
Tennis
Uilyams: "G'alabadan ko'ra mag'lubiyatlarim shov-shuvlarga sabab bo'ladi"
Amerikalik tennischi Serena Uilyams g'alaba va mag'lubiyatlar haqida gapirdi.
"Odamlar haliyam meni kortda ko'rishni istaydilar. Mening mag'lubiyatlarim g'alabalarimga qaraganda ko'proq shov-shuvlarga sabab bo'ladi. Bu esa muxlislar menga ishonishlaridan dalolatdir. Bu ajoyib, men qarshi emasman.
O'zimni juda yaxshi his qilyapman va tennisdan zavq olmoqdaman. Bu sport turi bilan professional tarzda, shuningdek, dam olish, jismoniy holatni ushlab turish maqsadlarida shug'ullanish mumkin", - dedi Uilyams.
Havola :
Manba : Tennis World USA
Fikrlar