28 iyu 13:04
Yangiliklar
Tennis

"Uimbildon". Istominning navbatdagi raqibi malum
Londonda “Ulkan Toj” turkumidagi “Uimbildon” turniri bo'lib o'tayotganligidan xabaringiz bor.
Kecha musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtimiz Denis Istomin dunyoning 20-raqamli tennischisi Kevin Andersonga qarshi kortga chiqib, 3:2 hisobida g'alaba qozongani haqida xabar qilgandik.
Endilikda Denis turnirning ikkinchi bosqichida ispaniyalik Nikolas Almagroga qarshi bahs yuritadigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Almagro birinchi bosqchida braziliyalik Rojeriu Dutrani 3:2 hisobida mag'lub etib keyingi bosqichga chiqdi.
Ushbu bahs ertaga kechki payt bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar