08 iyu 20:00
Yangiliklar
Tennis
Uimbldon. 15 yoshli Goffning Londondagi ertagi yakunlandi
Sayyoramizning ettinchi raketkasi Simona Xalep Londonda davom etayotgan Uimbldon turnirining chorak finaliga yo'l oldi.
Ruminiyalik tennischi to'rtinchi davra uchrashuvida musobaqa kashfiyotiga aylangan amerikalik 15 yoshli Kori Goffni to'xtatishga erishdi. WTA reytingida 313-o'rinni egallab turgan Goff saralash bahslaridan yurishini boshlab, asosiy to'rda etakchi tennischilarni mag'lub etishning uddasidan chiqqandi.
Xalep 1 soatu 15 daqiqa davom etgan uchrashuvda o'zidan 12 yoshga kichik bo'lgan Goffni 6/3, 6/3 hisobida taslim etdi. Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. Endi Simona Wimbledon turnirining chorak finalida xitoylik CHjan SHuayga qarshi kortga chiqadi. Kori esa kelasi hafta elon qilinadigan reytingda yaxshigina ko'tarilib oladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar