20 dek 09:48
Yangiliklar
Tennis

Uimbldon-2013 g'olibasi faoliyatini qayta tiklamoqchi
Dunyoning sobiq ettinchi raketkasi Marion Bartoli faoliyatini qayta tiklash haqida o'ylayapti.
Franciyalik 33 yoshli tennischi 2018 yilning mart oyida Mayamida o'tkaziladigan turnirda ishtirok etishni maqsad qilgan. Marion o'z intervyusida faoliyatini qayta boshlash haqidagi qarorga kelib bo'lganini aytgan.
Eslatib o'tamiz, Marion Bartoli 2013 yili Uimbldon
turnirida bosh mukofotni qo'lga kiritganidan so'ng faoliyatini yakunlagan edi. 2016
yilning fevral oyida Hindistonda tennischining qoniga nomalum virus tushib
qolgandi. Buning natijasida Marion qon almashtirgan va uzoq muddat davolanishga
majbur bo'lgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar