15 iyu 12:45
Yangiliklar

Uimbldon-2017. Bugun finalda 14 yosh tafovutiga ega tennischilar to'qnashadi
Hal qiluvchi final uchrashuvida ispaniyalik 23 yoshli Garbine Mugurusa amerikalik 37 yoshli Vinus Uilyamsga qarshi kortga chiqadi. Bugungi final Mugurusa uchun “Katta Dubulg'a” musobaqalaridagi uchinchisi bo'ladi.
Uimbldon-2015 finalida u amerikalik Serena Uilyamsga imkoniyatni boy bergandi. “Rolan Garros”da esa o'sha mag'lubiyat uchun revansh olgan edi. Tennischilar o'zaro shu kungacha o'zaro 4 marotaba to'qnash kelishgan. Bahslarning 3 tasida Uilyamslarning to'ng'ichi zafar quchgan.
SHuningdek, bugun Uimbldon turnirida yana 3 ta final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Ayollarning yakkalik finalidan tashqari, ham ayollar, ham erkaklar o'rtasidagi juftlik finali hamda o'smir yoshidagi qizlar ishtirokidagi final uchrashuvi ham aynan bugun o'tkaziladi.
Fikrlar