08 iyu 09:25
Yangiliklar
Tennis

Uimbldon (ATP): Nadaldan so'ng Marrey ham 4 davraga chiqdi
London shahri mezbonlik qilayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon” turnirida uchinchi davra uchrashuvlari o'tkazilyapti.
Musobaqaning amaldagi g'olibi britaniyalik Endi Marrey italiyalik Fabio Foniniga qarshi kortga chiqib, 6:2, 4:6, 6:1, 7:5 hisobida g'alaba qozondi. Rafael Nadal esa rossiyalik Karen Xachanovdan 6:1, 6:4, 7:6(3) hisobida ustun keldi.
Kechagi bahslarda lyuksemburglik Jil Myuller, ispaniyalik Roberto Bautista-Agut, xorvatiyalik Marin CHilich, franciyalik Benua Per, Janubiy Afrika Respublikasi vakili Kevin Anderson g'alabaga erishishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar