01 iyu 10:10
Yangiliklar
Tennis
Uimbldon (ATR). Istominning raqibi eng tez g'alabaga erishdi
Londonda davom etayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon” turnirining navbatdagi kuni hamyurtimiz Denis Istominning uchinchi bosqichdagi raqibi kunning eng tezkor g'alabasiga erishdi.
Musobaqada 11-raqam ostida harakat qilayotgan David Goffen ikkinchi davra uchrashuvida franciyalik Eduar Roje-Vassilendan 6:4, 6:0, 6:3 hisobida ustun keldi.
Denis Istomin uchinchi bosqichda aynan belgiyalik raketka ustasiga qarshi kortga chiqadi. Hamyurtimiz kecha ikkinchi davrada ispaniyalik Nikolas Almagrodan 6:4, 7:6(5), 6:2 hisobida ustun kelgandi.
David Goffen (Belgiya, 11) – Eduar Roje-Vasslan (Franciya) – 6:4, 6:0, 6:3
Denis Istomin (O'ZBEKISTON) – Nikolas Almagro (Ispaniya) – 6:4, 7:6 (5), 6:2
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar