06 iyu 10:48
Yangiliklar
Tennis
Uimbldon. Dunyoning 9-raketkasi "etib keldi"
London shahri mezbonligida o'tayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turniri o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Dunyoning to'qqizinchi raketkasi Karen Xachanov musobaqaning uchinchi davrasida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Rossiyalik tennischi reytingning 22-pog'onasidan joy olgan ispaniyalik Roberto Bautista-Agutga 3/6, 6/7(3), 1/6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuv 1 soatu 53 daqiqa davom etgan. Karenga 9 ta eys zarbasi ham yordam bermagan. Roberto o'zaro uchrashuvlarda oldinga chiqib oldi - 4:2. Endi Bautista-Agut to'rtinchi bosqichda franciyalik Benua Perga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar