30 iyu 19:03
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/749_220.jpg)
Uimbldon. Istomin bu safar ispaniyalik tennischidan ustun keldi
Londonda "Ulkan toj" turkumidagi "Uimbldon" turniri bo'lib o'tmoqda.
Turnirning birinchi bosqichida 20-raketkadan ustun kelgan Denis Istomin navbatdagi bosqichda ispaniyalik Nikolas Almagroga qarshi kortga chiqdi.
Qiziqarli kechgan bahsda hamyurtimiz raqibini uch set yakunlariga ko'ra 3:0 hisobida mag'lub etdi.
Uimbldon
Denis Istomin - Nikolas Almagro 3:0 (6:4, 7:6, 6:2)
Denis endilikda keyingi bosqichda belgiyalik David Goffenga qarshi kortga chiqadi. U turnirning 11-raqamli tennischisi sifatida saralangan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar