06 iyu 19:05
Yangiliklar
Tennis
Uimbldon. Jo'rabek chorak finalda, Humoyun to'xtatildi
Istedodli tennischilarimiz Jo'rabek Karimov va Humoyun Sultonov Londonda davom etayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi o'smirlar o'rtasidagi “Uimbldon” turnirining yakkalik bahslarida uchinchi davra uchrashuvini o'tkazishdi.
Quvonarlisi, turnirda o'n birinchi raqam ostida tasniflangan Jo'rabek bu bosqichda musobaqaning oltinchi raketkasi, yaponiyalik Yusuki Vatanukini 7:6, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Uning yarim final ostonasidagi raqibi turnirning birinchi raketkasi greciyalik 17 yoshli Stefanos Cicipas bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Jo'rabek Karimov avvaliga germaniyalik Luis Vesselsni, keyin esa britaniyalik Jey Klarkni musobaqadan chiqarib yuborgandi.
Afsuski, ikkinchi tennischimiz Humoyun Sultonov uchinchi bosqichda turnirning ikkinchi raketkasi amerikalik Ulises Blanchga 50 daqiqa davom etgan uchrashuvda 4:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar