07 iyu 11:12
Yangiliklar
Tennis
Uimbldon. Jo'rabek juftlikda ikkinchi davraga chiqdi, Humoyun yutqazdi
Istedodli tennischilarimiz Jo'rabek Karimov va Humoyun Sultonov Londonda davom etayotgan Katta Dubulg'a turkumiga kiruvchi o'smirlar o'rtasidagi Uimbldon turnirining juftliklar bahsida ham ishtirok etishyapti.
Lekin avvalgi musobaqalardan farqli ravishda bu ikki tennischimiz boshqa raketka ustalari bilan juftlik xosil qilishgandi. Jo'rabek germaniyalik Daniel Altmayer bilan birga amerikalik tennischilar Villyam Blumberg hamda Natan Ponvitga qarshi kortga chiqib, 6:4, 6:7(4), 6:4 hisobida zafar quchdi.
Humoyun Sultonov esa germaniyalik Tim Ruel bilan birga turnirning ikkinchi raqamli juftligi greciyalik Stefanos Cicipas va estoniyalik Kennet Raismaga 4:6, 2:6 hisobida yutqazdi. Jo'rabek va Danielning ikkinchi bosqichdagi raqiblari turnirning uchinchi raketkalari serbiyalik Miomir Kezmanovich va noregiyalik Kasper Ruud bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar