07 iyu 18:01
Yangiliklar
Uimbldon. Jo'rabek Karimov birinchi raketkaga qarshi o'yin o'tkazdi
Ushbu nufuzli musobaqada mamlakatimiz tennischisi Jo'rabek Karimov chorak finalga yo'llanma olgandi.
Jo'rabek ushbu bosqichda turnirning birinchi raqamli raketkasi greciyalik Stefanos Cicipasga qarshi kortga chiqdi.
Stefanosning baxti kulgan ekan. Mag'lubiyatga uchrashi muqarrar bo'lgan vaziyatda osonlik bilan yarim finalga yo'l oldi. Jo'rabek kutilmaganda olgan jarohati sababli o'yinni davom ettira olmadi.
Endi uning final ostonasidagi raqibi turnirning beshinchi raketkasi kanadalik Denis SHopovalov bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Jo'rabek Karimovning “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlardagi eng yaxshi natijasi final xisoblanadi. Hamyurtimiz Avstraliya Ochiq chempionatida finalga qadar mag'lubiyatsiz etib borib, musobaqa vice-chempioniga aylangan edi.
Jo'rabek Karimov (O'zbekiston) - Stefanos Cicipas (Greciya) 6:3, 1:2
Fikrlar