07 iyu 14:06
Yangiliklar
Tennis

"Uimbldon"da 589-raqamli tennischi uchinchi davra ishtirokchisi: bu so'nggi 15 yillik rekordi
Dunyoning 589-raketkasi Ernest Gulbis "Uimbldon"ning ikkinchi davrasida Xuan Martin Del Potroni 6:4, 6:4, 7:6 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
28 yoshli latviyalik tennischi jarohatidan qutilganidan so'ng "Uimbldon"gacha bu yil bitta "CHellenjer"da, shuningdek, "Rolan Garros"da Marin CHilichga qarshi o'yin o'tkazgandi.
U so'nggi 15 yilda "Uimbldon"ning uchinchi davrasida o'yin o'tkazgan reytingi eng past tennischiga aylandi.
Havola :
Manba : ATPMediaInfo
Fikrlar