10 sen 11:25
Yangiliklar

Ukraina grandlari – “Dinamo” va “SHaxtyor” o'zaro durang o'ynashdi
Mavsumning markaziy bahsida tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi. Uchrashuvning 24-daqiqasida Gusev penaltidan mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. O'yinning 75-daqiqasida esa Dentino muvozanatni tikladi.
Turnir jadvalida “SHaxtyor” 19 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. “Dinamo” 16 ochko bilan ikkinchi pog'onadan joy olgan. O'n uch ochkoga ega “Zarya” kuchli uchlikka yakun yasagan.
SHAXTYOR – DINAMO 1:1
Gollar: Dentino, 75 – Gusev, 24 (penaltidan)
“SHaxtyor”: Pyatov, Srna (Butko, 67), Kucher, Rakickiy, Ismaili, Stepanenko, Fred, Marlos, Kovalenko (Dentino, 70), Bernard (Nem, 80), Ferreyra
“Dinamo”: SHovkovskiy, Danilo Silva (Morozyuk, 25), Xacheridi, Vida, Makarenko, Sidorchuk (Garmash, 68), Ribalka, Buyalskiy, Yarmolenko, Gusev (Fedorchuk, 59), Moraes
Ogohlantirishlar: Stepanenko, Fred, Rakickiy – Sidorchuk, Morozyuk, Yarmolenko
Fikrlar