22 jan 09:16
Yangiliklar
Tennis

Ukraina Prezidenti Svitolinani rekord bilan tabrikladi
Ukraina Prezidenti Petr Poroshenko dunyoning to'rtinchi raketkasi Elina Svitolinani Australian Open musobaqasining chorak finaliga yo'l olgani bilan tabrikladi.
Svitolina turnirning nimchorak final uchrashuvida chexiyalik raqibasi Denisa Alertovani 6:3, 6:0 hisobida mag'lub etgandi. Bu bilan u Australian Open musobaqasining chorak finaliga etib kelgan ilk ukrainalik tennischiga ham aylangan edi.
“Elinani chin qalbimdan tabriklayman. Unga muxlislik qilishda davom etamiz”, – dedi Poroshenko.
Eslatib o'tamiz, Elina Svitolina ertaga Australian
Open turnirining 1/4 finalida dunyoning 37-raketkasi belgiyalik Eliza Mertensga
qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar