28 dek 15:02
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Ukraina qishki Olimpiadaga mezbonlik qilmoqchi
Ukraina 2028 yil yoshlar va 2030 yil kattalar o'rtasida o'tadigan qishki Olimpiya o'yinlariga mezbonlik qilmoqchi.
Bu haqida mamlakat yoshlar va sport vaziri Vadim Gutcayt malum qildi.
Mutaxassis o'z nutqida davlatning yaqin 9 yillik rejalari haqida gapirar ekan, bunda yoshlar va kattalar o'rtasidagi qishki Olimpiya o'yinlariga mezbonlik masalasi ham borligiga to'xtalib o'tgan. Bir vaqtning o'zida Ukraina qilichbozlik federaciyasi rahbari hisoblanmish Vadim Gutcayt bu bilan mamlakat imijini ko'tarish, dunyodagi yirik investorlarni jalb qilgan holda infratuzilmani rivojlantirish va yaxshilash rejalashtirilganini ham takidlagan.
Eslatib o'tamiz, 2022 yilgi qishki Olimpiya o'yinlari Pekin, 2026 yil esa Milan shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar