04 iyu 10:32
Yangiliklar
Boks/MMA, Futbol

"Ukrainaning bunday zarba eyishini 2015 yilning noyabridan buyon ko'rmagandim". Fyuri futbol sabab Klichko bilan jangni esladi
Superog'ir vazn toifasida WBS yo'nalishi chempioni Tayson Fyuri futbol bo'yicha Angliya va Ukraina terma jamoalari o'rtasidagi o'yin haqida fikrlarini bildirdi.
"Ukrainaning bunday zarba eyishini 2015 yilning noyabr oyida Dyusseldorfdagi voqeadan beri ko'rmagandim", - deb xabar qoldirdi Fyuri o'z tvitterida.
Eslatib o'tamiz, kecha Evro-2020 doirasida Angliya Ukrainani 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi. Tayson Fyuri esa 2015 yilning noyabrida Vladimir Klichkoni mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : twitter.com/Tyson_Fury
Fikrlar