So’nggi yangiliklar

19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0

02 iyu 12:35
Yangiliklar

Kurash, Tokio-2020

Ular Olimpiadaga boradilar - Dilshod Turdiev!

Olamsport.com sayti shu yilning avgust oyida Braziliyada o'tkaziladigan 31-Yozgi olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan sportchilarni tanishtirishni davom ettiradi.


Bugungi qahramonimiz hafta mavzusiga mos tarzda tanlangan. Yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Dilshod Turdiev.

Dilshod Turdiev – xalqaro toifadagi sport ustasi, bir nechta xalqaro turnirlar g'olib va sovrindori. Osiyo chempioni, Osiyo o'yinlari sovrindori. 1991 yili Farg'ona viloyatining Buvayda tumanida dunyoga kelgan. CHin manoda mustaqillik farzandi. Yunon-rum kurashi bilan 10 yoshidan beri shug'ullanib keladi. Ilk murabbiyi Qahramon Ibragimov. Buvayda tumanidagi 1-Bolalar va o'smirlar sport maktabining yunon-rum kurashi bo'limida tahsil olgan. SHundan so'ng Respublika olimpiya zaxiralari kollejiga o'qishga qabul qilingan. 2006-2010 yillar oralig'ida O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida o'qigan.


2011 yili Toshkent, 2013 yilda Indoneziyada o'tkazilgan Osiyo chempionatlarining g'olibi. 2014 yili Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o'tkazilgan Osiyo o'yinlari sovrindori. Rio-2016 Olimpiadasi yo'llanmasini shu yilning 18-20 mart kunlari Qozog'istonning Astana shahrida o'tkazilgan Olimpiadaga lizencion turnirida qo'lga kiritgan. U finalgacha mag'lubiyatsiz etib borib, Rio-2016 chiptasiga ega bo'lgan. 75 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Turdiev chorak finalda qirg'izistonlik Atabek Azisbekovni engdi. Yarim finalda yaponiyalik SHoxeya Yakibudan ustun kelib, finalga chiqdi. Final uchrashuvi natijasidan qatiy nazar Olimpiada yo'llanmasini naqd qilib ulgurgan hamyurtimiz oltin medal uchun kechgan bahsda koreyalik Xyonvu Kimga yutqazib qo'ydi.

– London Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritishimda biroz omad etishmagan edi. Nihoyat, orzuim ro'yobga chiqdi. Maqsadim, Rio Olimpiadasida ham munosib tarzda ishtirok etish, - deydi Dilshod Turdiev.


Olimpiadaga yo'llanma olgan barcha sportchilarimiz qatori kurashchimiz Dilshod Turdievga ham bo'lajak olimpiya o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirokni tilab qolamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing