04 okt 08:55
Yangiliklar
Tennis

Umarova, Folc va Xabibulina g'alaba bilan boshlashdi
Qozog'istonning CHimkent shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasida sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan Shymkent Open turnirining asosiy to'r bahslari boshlandi.
Ushbu musobaqaning asosiy to'rida besh nafar hamyurtimiz ishtirok etyapti. Ulardan uch nafari kecha kortga chiqishdi va raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, ikkinchi davraga yo'l olishdi.
Turnirda oltinchi raqam ostida tasniflangan Arina Folc belaruslik Viktoriya Munga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6:0, 6:1. Sakkizinchi raketka sifatida qayd etilgan Kamola Umarova qozog'istonlik Arina Taluenkodan 6:1, 7:5 hisobida ustun keldi.
Yana bir tennischimiz Albina Xabibulina esa belaruslik Lizaveta Xancharovani 6:1, 4:6, 6:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bugun Polina Merenkova mezbonlar vakili, turnirning uchinchi raketkasi Go'zal Aynitdinovaga, SHahnoza Xotamova esa rossiyalik Anna Ukolovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar