So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

03 mar 15:01
Yangiliklar

Tadbirlar

Umid Ahmadjonov Osiyo Olimpiya Kengashi vice-prezidenti bo'ldi

Teglar :  Umid Ahmadjonov
Tailand poytaxti Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya Kengashining 38-Bosh Assambleyasi (OOK) o'z ishini davom ettirmoqda.

Mazkur tadbirda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Axmadjonov va Bosh kotib Jasur Matchanov ham ishtirok etishmoqda.

Bosh Assambleya davomida 2019-2022 yillar uchun tashkilot rahbariyatiga, Ijroiya Qo'mitasi va doimiy komissiyasiga azolar saylandi. Biz uchun ahamiyatli tomoni shundaki, Osiyo Olimpiya Kengashi vice-prezidentligi lavozimiga Markaziy Osiyo mintaqasidan O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovning ham nomzodi ilgari surildi. Saylovda ishtirok etganlar bir ovozdan Umid Ahmadjonov nomzodini qo'llab-quvvatlashdi va shu tariqa u Osiyo Olimpiya Kengashi vice-prezidenti bo'ldi.

Biz O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, shuningdek, mamlakatimizdagi barcha olimpiya harakati ishtirokchilari nomidan Umid Mahamatdjanovichni yuksak ishonch bilan tabriklaymiz.

Eslatib o'tamiz, Umid Ahmadjonov shuningdek Markaziy Osiyo futbol associaciyasi prezidenti ham hisoblanadi.

«Menga ishonch bildirib, ovoz berganingiz uchun rahmat aytaman. Ushbu ishonch menga g'urur bag'ishlaydi, shu bilan birga bu katta masuliyat hamdir. Men ushbu lavozimda nafaqat O'zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi manfaatlarini himoya qilaman. Asosiy maqsadim XOQ Ijroiya Qo'mitasi azolari safidan o'rin olishdir. Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tarkibiga kirish uchun bor kuchimni ishga solaman«, – dedi Umid Ahmadjonov.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing