So’nggi yangiliklar

14:30UFC эгаси Оқ уйдаги турнир учун кард ҳозирнинг ўзида ишлаб чиқилаётганини маълум қилди 0 13:55Артур Бетербиев Дмитрий Бивол билан эҳтимолий учинчи жанг ҳақида маълумот берди 0 13:24Тонали "Реал"га ўз хизматларини таклиф қилди. Мадридликларнинг жавоби маълум 0 12:37Усик ўз промоутерлик компаниясини қайта ишга туширди 0 11:16Майк Тайсон: "Мен ўзимдан шу қадар нафратланардимки, ҳатто ўлгим келарди" 0 10:55UFC Fight Night 266. Тўрт жангчи вазн қила олмади, улар орасида Муин Гафуров ҳам бор 0 10:34Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади" 0 10:13Теннисчимиз Лайма Владсон Анталиядаги турнирда 1/2 финалга чиқди 0 09:52Камару Усман Шавкат Раҳмоновнинг UFC рейтингидан чиқариб ташланганига муносабат билдирди 0 09:31Жон Жонс касаллигига қарамай, Оқ уйда жанг қилишга тайёр 0 19:18"Барселона" ва "Атлетико" "Тоттенхэм" футболчиси учун кураш олиб бормоқда 0 18:51Сауль Альварес кейинги рақибини танлади, музокаралар кетяпти 0 18:24"Хабиб ва Исламни жуда яхши кўраман, лекин...". Кормье америкалик жангчиларнинг чемпионлик эҳтимоли ҳақида гапирди 0 17:56Жастин Гэтжи Илия Топурия билан эҳтимолий жанг муддати ҳақида гапирди 0 17:28"Челси" Хулиан Альварес учун курашга қўшилди 0

11 may 21:48
Yangiliklar

Boshqalar

Umid Ahmadjonov O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya Universitetidagi sharoitlar bilan tanishdi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov bugun CHirchiq shahridagi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya Universitetini borib ko'rdi. MOQ Prezidentini Universitetning o'quv ishlar bo'yicha prorektori Komil Yarashev kutib oldi.

MOQ Prezidentini Universitetning o'quv ishlar bo'yicha  prorektori Komil Yarashev kutib oldi. Umid Ahmadjonov salkam 20 gektar maydonga ega bo'lgan Universitet hududini ko'zdan kechirar ekan, respublikadagi eng asosiy jismoniy tarbiya va sport talim maskaniga qo'yilayotgan asosiy talab malakali murabbiylar etkazib berish ekanligini qayd etib o'tdi. Buning uchun Milliy olimpiya qo'mitasi kerakli barcha yordamni ayamasligini, zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanligini malum qildi.
SHuningdek, tashrif davomida Umid Ahmadjonov va ishchi guruh vakillari Universitet hududidagi sport manejini borib ko'rishdi, u erdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Tan olish kerak, MOQ Prezidenti u erdagi sharoitlardan umuman qoniqmadi. Sababi, 2005 yilda qurib, foydalanishga topshirilgan manej hozirgacha biror marotaba tamirlanmagan va tabiiyki ayni paytda kapital tamirga muhtoj holatda. Vaholanki "Barkamol avlod" sport o'yinlari uchun qurilgan ushbu sport inshooti bir paytlar O'zbekistondagi eng zo'r manej bo'lganligini ko'pchilik yaxshi eslaydi. Ammo, hozirgi kunda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya Universiteti talablariga mutlaqo javob bermaydi.


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi "O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3197 qaroriga binoan mazkur Oliy o'quv yurti va CHirchiq Olimpiya zaxiralari kolleji uchun bino va inshootlarni qurish hamda ularga berilayotgan tegishli binolar va inshootlarni tamirlash va rekonstrukciya qilish bo'yicha Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyasi buyurtmachi, "O'zshaharsozlikLITI" AJ bosh loyihachi tashkilot, “Qurilishbirlashmasi” AJ – bosh pudratchi tashkilot etib belgilangan. Unga ko'ra, 2018 - 2021 yillar davomida Universitet uchun binolar qurish, rekonstrukciya qilish, mukammal tamirlash va jihozlash uchun davlat tomonidan pul mablag'lari bosqichma-bosqich ajratilishi belgilab qo'yilgan.


Ammo afsuski,  davlatimiz tomonidan shunday imkoniyat va sharoitlar yaratib berilayotganiga qaramasdan, ayrim masuliyatsiz rahbarlarning loqaydligi tufayli ishlar o'lda-jo'lda qolib ketgani xaqida Umid Ahmadjonov kuyunib gapirdi.      

Tashrif davomida Universitetning suzish havzasi, o'quv binolari ham ko'zdan kechirildi. SHuningdek, Umid Ahmadjonov Universitet sport manejida bo'lib o'tayotgan og'ir atletika bo'yicha 23 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati musobaqalarini ham tomosha qildi, g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida ishtirok etdi. Mashg'ulotlar zalida esa Osiyo o'yinlariga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan og'ir atletikachilarimiz - Ruslan Nuriddinov, Rustam Djangabaev va Farhodbek Sobirov kabi terma jamoa azolarining mashg'ulot jarayonlarini kuzatdi, ular bilan suhbatlashdi. MOQ rahbari sportchilar uchun zarur bo'lgan barcha-shart sharoitlar yaratib berilishini, qanday takliflar bo'lsa murojaat uchun eshigi ochiq ekanligini qayd etib o'tdi.

Umid Ahmadjonov uchrashuvga yakun yasar ekan, mana shunday sharoitda ham ishlayotgan Universitet pedagogik jamoasiga minnatdorchilik bildirib o'tdi.

"Ochig'i, bu erdagi holatni ko'rib juda achindim. Prezidentimiz CHirchiq Olimpiya zaxiralari kollejini bejizga mazkur Universitetga biriktirib bermagandilar. CHunki bu erning tabiati, iqlimi, joylashgan hududi yosh sportchilar uchun ayni muddao hisoblanadi. Ammo, so'nggi vaqtlarda o'quv yurtiga etibor pasaygan. Mana shunday sharoitda mehnat qilayotgani uchun Universitet jamoasiga, shu jumladan ilmiy xodimlar, o'qituvchilar va rahbariyatga minnatdorchilik bildiraman. Biz yaqin kunlarda ushbu holat yuzasidan katta yig'ilish tashkil etamiz va sharoitlarni kuchaytirish yo'lida tezkor choralarni amalga oshiramiz", - dedi Umid Ahmadjonov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing