So’nggi yangiliklar

16:39АПЛ клуби Нойерни нишонга олди 0 16:18Энтони Жошуа Фьюри билан эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 15:57Мераб Двалишвили йил охиригача иккита жанг ўтказади 0 15:36Тайсон Фьюри 2023 йилдан кейинги илк ғалабасини қўлга киритди 0 15:15Аёл мутахассис Бундеслига клубига бош мураббий бўлди 0 14:54Оқ уйдаги UFC турнири кардига Дональд Трамп ташаббуси билан яна бир жанг қўшилди 0 14:33Султонов рейтингда ўзидан 224 поғона юқоридаги рақибни таслим этди 0 14:12Жалоловда кумуш, Поёновда бронза, Жамалов эса медалсиз қолди 0 13:51Артета "Борнмут"дан қабул қилинган мағлубиятдан кейин "Арсенал" мухлисларига мурожаат қилди 0 13:30Арман Царукян икки потенциал рақибини эълон қилди 0 13:09Олимпия ўйинлари совриндори ва жаҳон чемпионларимиз талабалар билан учрашди 0 12:48Энтони Жошуа Фьюри ҳақида: "У кетади ва қайтади, мен эса барқарорман" 0 12:27Ламин Ямаль Испания чемпионати рекордини ўрнатди 0 12:06Ислам Махачев Италияда ўғирлик қурбони бўлганини айтди 0 11:45Арсланбек Махмудов Фьюрига қарши мағлубиятга изоҳ берди 0

30 mar 17:20
Yangiliklar

Futbol

Umid Ahmadjonov Qo'qondagi ochilish uchrashuviga tashrif buyuradi

Mana bir necha kundirki, o'zbek futboli vatani bo'lmish Qo'qonda futbol bayrami hukmronlik qilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan o'zbek futbolining 105 yilligini keng nishonlash, o'zbek futbolining tamal toshi qo'yilgan Qo'qon shahrida yangi stadion barpo etish to'g'risidagi qarorlari qo'qonlik minglab futbol ixlosmandlarini quvontirgani bor gap. Ular buning uchun Prezidentimizga minnatdorchilik izhor etishdan charchashmayapti. 

Qo'qondagi “Markaziy” o'yingoh bugungi kunga kelib barchaning havasini keltiruvchi darajada tamirlandi. Yangi mavsumda “Qo'qon-1912” jamoasi ham zamonaviy ko'rinishga ega stadionda to'p suradi. 

Qo'qonlik futbol muxlislari yangi mavsum ochilishini sabrsizlik bilan kutishmoqda. Nihoyat ular orziqib kutgan kunlar yaqin.

Ertaga “Markaziy” stadionda 2018 yilgi mavsumning ochilish marosimi tashkil etiladi. Marosimda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirok etadi. 

Ayni damda ochilish marosimini yuqori darajada o'tkazish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ertaga “Qo'qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvidan oldin bo'lib o'tadigan tadbir o'ziga xosligi bilan ajaralib turadi hamda muxlislar uchun unutilmas onlarni taqdim etadi, desak mubolag'a bo'lmaydi.  Bu uchrashuvni bayramona tarzda o'tkazish uchun stadionda juda katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Marosimning birinchi qismida bundan 105 yil oldin O'zbekistonga futbol qanday kirib kelgani, uning asoschilari kimlar bo'lgani tug'risidagi sahna ko'rinishi yig'ilganlarga ko'rsatib beriladi.

Bundan tashqari, estradamiz yulduzlari o'z chiqishlari bilan futbol ishqibozlarini xursand etishga bel bog'lashgan. Muxlislarimiz uchun teatrlashtirilgan koncert dasturi namoyish etiladi.

Ertaga katta futbolni sog'ingan muxlislar uchun haqiqiy bayrami bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda, yangi tamirdan chiqarilgan "Markaziy" stadionda, muxlislar uchun juda katta bayram tadbiri o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing