So’nggi yangiliklar

19:44Ҳусанов "Манчестер Сити"да мавсум футболчиси бўлишга даъвогарлик қилмоқда 0 19:23"Америкалик ватанпарвар сифатида айтаманки - Чимаев ғалаба қозонганди" - Сехудо 0 19:02"Ҳар бир ҳақорат учун жавоб берасан!". Имавов Стриклендга мурожаат қилди 0 18:41Инсайдер Макгрегорнинг кейинги жанги деярли аниқ эканлигини айтди 0 18:20Энцо Мареска "Ман Сити"да Хосеп Гвардиола ўрнини эгаллаши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 17:59Арман Царукян Хамзат Чимаевни мағлуб этгани учун 50 000 доллар тўлайди 0 17:38Белал Муҳаммад: "Чимаев улар туфайли мағлуб бўлди" 0 17:17"Уни фоҳиша дейишимни истайсизми?" Ронда Роузи Карано билан жанг ҳақида фикр билдирди 0 16:56Моуринью "Реал"га иккита талаб қўйди: Мбаппенинг тақдири маълум 0 16:35Чимаев мағлубиятидан кейин UFC`нинг энг яхши жангчилари рейтингида яхшигина пастлади 0 16:25UFC Нурсултон Рўзибоевнинг жангини расман эълон қилди (+ПОСТЕР) 0 16:14Навоийда белбоғли кураш бўйича мамлакат чемпионати ўтказилади 0 15:53Волковда UFC чемпионлиги учун жанг ҳақида кутилмаган тан олиш 0 15:32Флик чемпионлик унвонидан сўнг "Барселона" билан янги шартнома имзолади 0 15:11Эргашев Ғиёсовнинг чемпионлик жанги ҳақида: "У мана шу жангини ютса..." (+ФОТО) 0

21 fev 16:00
Yangiliklar

Boshqalar

Umid Ahmadjonov Toshkent viloyatidagi o'quv va sport muassasalarini borib ko'rdi

Teglar :  Umid Ahmadjonov
Milliy Olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov bugun bir guruh sport mutaxassislari bilan birga Toshkent viloyatiga tashrif buyurdi.

Xabar berib o'tganimizdek, so'nggi bir necha oy davomida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga doir qaror loyihasi ishlab chiqildi va ushbu tarixiy hujjat yaqin kunlar ichida muhtaram Prezidentimiz tomonidan imzonalishi kutilayapti. 

Ammo ushbu muhim qaror samarali ishlashi, uning bandlari o'z vaqtida ijro etilishini taminlash maqsadida shahsan yurtboshimiz SHavkat Mirziyoev O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonovga sport sohasidagi mavjud muammolarni eng quyi pog'onalardan o'rganish topshirig'ini berdilar. SHu maqsadda Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, tegishli mutassaddi tashkilotlar xodimlaridan tashkil topgan maxsus ishchi guruh Toshkent viloyatiga tashrif buyurdi. 

Ushbu safar davomida ishchi guruh viloyatdagi CHirchiq shahri va Qibray tumanlarida joylashgan maktabgacha talim muassasalari, umumtalim maktablari, kasb-hunar kollej va akademik liceylar, BO'SM hamda Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini sinchkovlik bilan o'rganishadi. Mazkur muassasalarda sportni rivojlantirish uchun imkoniyat qanday? Yoshlarning sport bilan shug'ullanishi uchun etarli shart-sharoitlar yaratilganmi? Qaror samarali ishlashi uchun nimalarga etibor qaratish lozim? Ishchi guruhi oldida turgan asosiy vazifa ana shu kabi savollarga javob topish, muammolarni o'rganish va ularning echimini topishdan iboratdir. 

Tashrif davomida MOQ Prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanovlar Qibray tumani Baytqo'rg'on qishlog'idagi Ichki ishlar vazirligining 2-son Toshkent akademik liceyini ham borib ko'rishdi. Etiborlisi, mazkur o'quv dargohida nafaqat mahalliy, balki xalqaro musobaqalarda ham vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan bir guruh yosh sportchilar tahsil olishmoqda. MOQ rahbari bu erda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, licey o'quvchilari bilan muloqot qildi. Sportni rivojlantirish yo'lida olib borilayotgan islohotlarga bevosita guvoh bo'ldi. 

Liceyda shuningdek, yaqindagina futbol bo'yicha Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi azolari Javohir Siddiqov, Zabihillo O'rinboev, Abbos Otaxonov, Suhrob Nurillaev hamda terma jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov va talabalar o'rtasida uchrashuv tashkil qilindi.  Tadbir yakunida esa licey talabalari Osiyo chempionlari bilan birgalikda esdalik uchun suratga tushish, ulardan dastxat olish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Malumot uchun, Prezidentimiz topshiriqlariga binoan maxsus ishchi guruhi yaqin kunlarda endi Samarqand va Farg'ona viloyatlariga ham tashrif buyuradi va eng chekka tumanlardagi vaziyat bilan yaqindan tanishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing