So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

29 noy 14:13
Yangiliklar

Futbol

Umid Ahmadjonov "Vanfore Kofu" klubi rahbari bilan uchrashdi

Bugun 29 noyabr kuni MOQ prezidenti, O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Yaponiyaning "Vanfore Kofu" klubi rahbari, Yaponiya futbol federaciyasi azosi Kazuyuki Umino va "Yaponiya-O'zbekiston" sport va talim bo'yicha associaciyasi raisi, "Paxtakor" va "Buxoro" klubining sobiq futbolchisi Naoya SHibamura bilan uchrashuv o'tkazdi.

Yaponiyalik futbol mutasaddilarining yurtimizga tashrifidan asosiy maqsad, yurtimizdagi iqtidorli yosh futbolchilarni Yaponiyaga olib borish va ularni yapon futboli bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, yaponiyalik futbolchilarni O'zbekistonga olib kelib, tajriba almashishdan iborat.

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov O'zbekiston futbol associaciyasi bu kabi hamkorlikka tayyor ekanini malum qildi: "Biz Yaponiya futbol federaciyasi bilan o'zaro memorandum imzolagan holda, yaqin aloqalarni o'rnatganmiz. Futbol klublarimiz mutaxassislari Yaponiyaga safar uyushtirib, u erdagi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. "Jey-liga" tajribasini o'rganishdi.

Yaponiya terma jamoasi nafaqat Osiyoda, balki butun jahonda o'z o'rniga ega. 2019 yil BAAda bo'ladigan Osiyo Kubogida Yaponiya terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olganmiz. Yanvarda bo'lib o'tadigan uchrashuvda O'zbekiston - Yaponiya terma jamoalari chiroyli va mazmunli o'yin namoyish qilishadi, deb umid qilib qolamiz.

O'zaro yosh futbolchilarni almashib, tajriba o'rganish masalasiga keladigan bo'lsak, bu kabi hamkorlikka tayyormiz. Bu o'zbek futboli uchun katta foyda bo'ladi. Hozirda butun Respublika bo'ylab 15ta hududiy bolalar va o'smirlar futbol akademiyalari faoliyat yuritmoqda. Mazkur akademiyalar tarbiyalanuvchilari ichidan iqtidorli bolalarni Yaponiyaga jo'natamiz. Ular Yaponiyaga safar davomida o'zlari uchun juda katta taassurot olishlariga ishonchim komil", - deb aytib o'tdi Umid Ahmadjonov.

O'z o'rnida "Vanfore Kofu" futbol klubi rahbari Kazuyuki Umino O'zbekiston bilan hamkorlik qilish juda qiziqarli ekanini aytib o'tar ekan, O'zbekiston terma jamoalarining so'nggi paytlarda xalqaro musobaqalarda qayd etayotgan natijalarini yuqori baholadi. Jumladan, shu yil qishda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati U-23 musobaqasida Yaponiya ustidan 4:0 hisobida g'alaba qozonganiga alohida to'xtaldi.

Naoya SHibamura esa "Paxtakor" va "Buxoro" klublaridagi faoliyati orqali o'zbek futboli bilan yaqindan tanish ekanini, endilikda ikki mamlakat futboli o'rtasida yaqin aloqalar o'rnatilishiga o'z hissasini qo'shish niyati borligini malum qildi.

Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov yaponiyalik mehmonlarga O'FA nomidan esdalik sovg'alari topshirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing