So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

02 okt 18:18
Yangiliklar

Boshqalar

Umid Ahmadjonovga "Jismoniy tarbiya va sport alochisi" ko'krak nishoni topshirildi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi #332 sonli qaroriga asosan "Jismoniy tarbiya va sport alochisi" ko'krak nishoni tasis etilgan.

Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi #332 sonli qaroriga asosan "Jismoniy tarbiya va sport alochisi" ko'krak nishoni tasis etilgan.

Bugun O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovga "Jismoniy tarbiya va sport alochisi" ko'krak nishonini topshirdi.

"Biz o'z yo'nalishimizda hamjihatlik bilan ish olib borib ko'plab muvaffaqiyatlarga erishamiz. Oldinda bizni katta chaqiriqlar va islohotlar kutib turibdi. Jamiyatda Jismoniy tarbiya va sportning ahamiyatini kuchaytirish, aholining turli qatlamlari orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etishda davom etish, buning uchun zarur bo'lgan sharoitlar yaratish, mashhur sportchilar safini kengaytirish va yangi nomlarni kashf etish shular jumlasidandir", - dedi Umid Ahmadjonov.

Malumot uchun, ushbu ko'krak nishoni bilan Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo o'yinlari hamda jahon, Osiyo chempionatlarida va boshqa nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan, Vatanimiz bayrog'ini baland ko'tarib kelayotgan sportchilarning trenerlari, jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilishiga munosib hissa qo'shib kelayotgan, shuningdek, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va jamiyat hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va manaviy sog'lomlikning asosi ekanini targ'ib qilish, iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida sidqidildan mehnat qilayotgan, respublikada jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlashda jonbozlik ko'rsatayotgan tajribali, etuk jismoniy tarbiya va sport sohasi vakillari taqdirlanadilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing