So’nggi yangiliklar

19:45Ислам Махачев нега Иэн Гаррига қарши жанг қилиш қийин бўлганини айтди 0 19:05“Арсенал” юлдуз вингерини фақат бир шарт билан сотишга тайёр 0 18:28"Гарри билан жанг Ислам фаолиятидаги энг оғир жанглардан бири бўлди" - Махачевнинг мураббийи 0 17:45"Нега у икки камарни ушлаб турибди?" Холлоуэй UFC 330'дан кейин Махачевга "тош отди" 0 16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0

28 jan 14:45
Yangiliklar

Boshqalar

Umid Axmadjonov Osiyo chempionlariga tabrik yo'lladi!

Teglar :  Umid Ahmadjonov
Bir necha kun ilgari barchamizning umidimiz bo'lib Xitoyga jo'nab ketgan va endi xalq qahramonlari sifatida ortda qaytayotgan futbolchilarimiz - biz sizlar bilan faxrlanamiz!

Bir daqiqa bo'lsin tinim bilmagan murabbiylarimiz, katta futbolga dadil kirib kelgan futbolchi ukalarim va albatta, delegaciyamiz safida Xitoyga jo'nab ketgan har bir vakilimizga millionlab muxlislarimiz nomidan tashakkur izhor qilaman. Sizlar nafaqat qitaning ayni vaqtdagi eng kuchli jamoasi ekanligingizni ko'rsatdingiz, balki butun Osiyoga kim aslida kim ekanini ham namoyon eta oldingiz. Bu bilan esa butun O'zbekiston xalqiga bayram kayfiyati ulashdingiz. Ushbu tarixiy g'alabangiz bilan Prezidentimizning quvonchli tabassumlariga sababchi bo'lishdek baxtga muyassar bo'ldingiz. Safarga ketishingiz oldidan siz bosib o'tadigan mashaqqatli yo'l futbolga oshno tutingan odamlarimiz yuzlaridagi tabassum va dillaridagi cheksiz quvonchga sabab bo'lishi, mana shu oniy fursatdagi baxtiyorlik uchun esa yillar davomida mehnat qilish arzirli bo'lishi haqida gaplashgandik. Endi baralla ayta olamizki, siz bu missiyani sharaf bilan uddalay oldingiz. Sizni safarga jo'natgan har bir vatandoshimiz, uyda intiq kutayotgan ota-onangiz, aka-uka-yu opa-singillaringiz endi barchalaringiz bilan g'ururlanib yurishadi. Sizning bu muvaffaqiyatingiz o'zbek futboli tarixiga oltin harflar bilan yoziladi. Ayniqsa, “qor jangi”dek ko'ringan final uchrashuvi tillarda doston bo'ladiki, biz bu o'yinni yillar davomida eslab yuramiz va har bir yodga olgan lahzalarimizda o'zimizni baxtiyor his qilamiz. 2018 yil mamlakatimiz sportida, xususan futbolda katta o'zgarishlar yili bo'ladi. Yurtboshimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoevdek suyanchimiz bor ekan, biz bunday g'alabalarga birgalikda hali ko'p erishamiz. Sizdan o'tinchimiz shuki, o'sishda, izlanishda va mehnat qilishda davom eting. Zero, mamlakat milliy terma jamoasini Jahon CHempionatiga ham aynan o'zingiz olib chiqasiz va millionlab o'zbekistonliklarga azaliy orzulari ro'yobini taqdim etasiz. Bugungi g'alaba shu yo'ldagi debocha bo'lib tarixga muhrlanadi. Tarixiy g'alaba, tarixiy chempionlik muborak bo'lsin! Omad, zafar hamda etakchilik sizni aslo tark etmasin! Barakalla! 

Umid Axmadjonov, MOQ prezidenti

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing