So’nggi yangiliklar

19:57Freestyle Chess Grand Slam Paris. Карлсен - Абдусатторов партиясида 1/2 финалчи аниқланди 0 19:24Хоккей терма жамоамиз Жаҳон чемпионатидаги иштироки олдидан жами 8 нафар россиялик хоккейчини маҳаллийлаштирди 0 19:01Анкалаев Перейра билан реваншнинг эҳтимолий муддати ҳақида гапирди 0 18:39Менежер Тайсон Фьюрининг рингга қайтиши эҳтимоли ҳақида гапирди 0 18:17Англияда дарвозабон 90+4-дақиқада "қайчи" усулидаги зарба билан гол урди 0 17:58Сауль Альварес боксдаги фаолиятини қачон якунлашини айтди 0 17:38Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси European Cup турнирига жўнаб кетди 0 17:16Умар Нурмагомедов Петр Яннинг "вызов"ини қабул қилди 0 16:55Миржалол Қосимов фаолияти давомида амалдаги мамлакат президенти билан тўп тепганини билармидингиз? 0 16:34Биволга Бенавидеc билан жанги учун 8 миллион доллар таклиф қилингани маълум бўлди 0 16:20Монте-Карло. Даниил Медведев деярли уч соатлик учрашув ўтказди 0 15:59Лос-Анжелес-2028 Олимпиадасида бокс баҳслари қайси вазнларда ўтказилиши маълум 0 15:42Бокс бўйича эркаклар ва аёллар терма жамоаларимиз Озарбайжондаги халқаро мусобақада қатнашади 0 15:20Ўзбекистон хоккей терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум қилинди 0 15:18«Челси» «Реал» футболчиси учун 120 миллион евро тўлашга тайёр 0

07 avg 12:38
Yangiliklar

Boshqalar

Universitetining 65 yilligi munosabati bilan: Og'ir atletika, velosport, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tarixi

Teglar :  UniversitetKafedra
Bu yil o'zbek sportida o'z o'rniga ega bo'lgan O'zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti tashkil etilganiga 65 yil to'ladi.

SHu munosabat bilan, universitet vakillari bilan hamkorlikda mazkur o'quv dargohiga oid malumotlarni berib boramiz. 

#UzDJTSU2020 #UzDJTSU_65_YOSHDA

Og'ir atletika  va velosport kafedrasi 1964 yilda tashkil topgan bo'lib, shu vaqtga qadar kafedrani 1964-1992 yillarda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan trener, docent, V.S.Avanesov boshqargan. 1992-1999 yillar davomida pedagogika fanlari nomzodi, docent, A.V.Pakov, 2000-2004 yillarda pedogogika fanlari nomzodi, docent, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy R.M.Matkarimov, 2005-2007 yillarda O'zbekistonda xizmat kursatgan madaniyat xodimi, biologiya fanlari nomzodi, docent E.L.Kulkov boshqargan. 

2007 yilga kelib kafedra Engil atletika, og'ir atletika va velosport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi sifatida tashkil etildi. 2007-2009 yillarda docent, R.M.Matkarimov kafedraga rahbarlik qildi.

2009-2013 yillarda pedagogika fanlari nomzodi, docent, N.T.To'xtaboev kafedra mudiri etib tayinlandi. 2013-2018 yillarda pedagogika fanlari nomzodi, docent, M.S.Olimov rahbarlik qildi. 2018 yildan og'ir atletika, velosport, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashkil etildi. 2018-2019 yillarda professor R.M.Matkarimov kafedraga raxbarlik qildi. 2019-yildan kafedra mudiri lavozimiga docent v.b. A.Z.Xodjaev tayinlandi.


Kafedra salohiyati

1964-2020 yillar davomida Kafedrada 8 ta pedagogika fanlari nomzodi, 10 ta docent 1 ta professor 31 ta magistr, 10 ta O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy,  11 ta halqaro toifadagi hakamlar, 3 ta O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustasi, 34 ta Halqaro toifadagi sport ustalari, Osiyo va Jaxon chempionati g'olib va sovrindorlari, Olimpiya o'yinlari ishtirokchilari tayyorlandi. Kafedra professor o'qituvchilari Osiyo va Jaxon chempionatlarida muntazam ravishda hakam sifatida ishtirok etib kelmoqda. 

Kafedrada shu kungacha og'ir atletika va velosport nazariyasi va uslubiyati, sport pedagogik mahoratini oshirish fanlari bo'yicha 6 ta darslik, 20 dan ortiq o'quv uslubiy qo'llanmalar yaratilgan hamda 100 dan ortiq ilmiy va xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar chop etilgan.

 

(Kafedra jamoasi)


Kafedrada tarbiyalangan xalqaro musobaqalar g'olib va sovrindorlari

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchilar, jaxon rekordchisi, E.SH.Karimov, 2 karra Osiyo chempioni, Osiyo o'yinlarining 3 karra sovrindori, 3 karra Olimpiada o'yinlari ishtirokchisi I.Xalilov, jahon chempionatining kumush va bronza medali sohibi Ulug'bek Alimov, siltab ko'tarish bo'yicha jahon chempioni Doston Yoqubov, Osiyo o'yinlari sovrindori, Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Mansur CHashemov, Olimpiada o'yinlari ishtirokchisi SHerzod Yusupov, Osiyo o'yinlari kumush medali sohibi, Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Murod Xolmurodov, Pauerlifting bo'yicha jahon chempionati sovrindori Sultane Useinovalar xalqaro maydonlarda yuksak yutuqlarga erishganlar. Ularning bu natijalariga erishishda kafedra professor o'qituvchilarining hissalari katta.

(Mashg'ulotlar jarayonidan)


Yoshlar o'rtasida jahon va Osiyo chempionati g'olib va sovrindorlari

Yoshlar o'rtasida jaxon chempionati sovrindori Fozilbek O'razimbetov, Osiyo chempionati g'olibi va rekordchisi Ulug'bek Maxmudov, Akobir Usmanov, Osiyo chempionati sovrindori Kamil Boyazitov, Osiyo chempionati kumush va bronza medali sohibi S.Raxmonov, Osiyo chempionati g'olibi I.Gumerov, Osiyo chempionati sovrindori Aleksandr Skorabagatov, Osiyo chempionati kumush medal soxibi A.Mambekov, Osiyo chempionati sovrindori SH.Turaev, Osiyo chempionati sovrindori, Zaynobiddin Mahamadaminov, Osiyo chempionati g'olibi Muxammadali Qaxramonov kabi sovrindorlar etishib chiqqan.

Ammo kafedra bu bilan to'xtab qolmoqchi emas. Bu erda bugungi kunda ham kelajakda o'zbek sportini yuksaklarga olib chiquvchi, mamlakatimiz bayrog'ini ko'klarga ko'taruvchi sportchilar zaxirasi shakllanib kelmoqda. Ishonamizki, ular kelajakda akalari o'rnini bosib, jahon miqyosidagi sportchi bo'lib etishadilar. 

Kafedra malumotlari asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing