01 mar 16:40
Yangiliklar
Tennis
Uotson Akapulkodan sovrin, 43 ming $ va 280 ochko bilan qaytyapti
Britaniyalik tennischi Xizer Uotson Meksikaning Akapulko shahrida o'tkazilgan turnir g'olibasiga aylandi.
Dunyoning 69-raketkasi bo'lib turgan Uotson turnir finalida reytingning 190-pog'onasidan joy olib turgan kanadalik 17 yoshli Leyla Fernandesni mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/7(10), 6/1. Final bahsi 2 soatu 46 daqiqa davom etgan.
27 yoshli Xizer o'zaro uchinchi uchrashuvda ham Fernandesdan ustun keldi. Abierto Mexicano Telcel turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok britaniyalik tennischiga 43 ming dollar hamda 280 reyting ochkosini taqdim etdi. Bu Uotson uchun faoliyatidagi to'rtinchi sovrin bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar