25 noy 18:00
Yangiliklar

"Urava" Osiyo chempionlar ligasi g'olibi
Saudiya Arabistonida ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk bahs 1:1 hisobida yakunlangan edi.
Yaponiyadagi o'yinning birinchi bo'lim gollarsiz yakunlandi. Bahsning ikkinchi qismida Salim Al Dosari 6 daqiqa ichida 2ta sariq kartochka olib, maydonni tark etdi va jamoasini qiyin ahvolga solib qo'ydi. Ushbu chetlatishdan o'n daqiqa o'tib (88-daqiqa) Rafael Silva raqib darvozasini ishg'ol qildi. Bahs oxirida raqibiga umuman imkoniyat bermagan Yaponiya klubi Osiyo CHempionlar ligasining 2017 mavsumdagi chempioniga aylandi. O'yinni o'zbekistonlik FIFA hakami Ravshan Ermatov brigadasi boshqarib bordi.
"Urava Red Daymonds": SHusaku Nishikava, Tomoya Ugajin (Maurisio Antonio 74), Tomoaki Makino, Vataru Endo, Rafael Da Silva, Yuki Muto, Yosuke Kashivagi (Cukasa Umesaki 90), Kazuki Nagasava, Takuya Aoki, Yuki Abe, SHinzo Koroki (Zlatan Lyubiyankich 84).
"Al-Hilol": Abdulla Al Mayuf, Muhammad Al Burayk, Salmon Al Faraj (Al Qahtoni 68), Abdulla Otayf (Muhammad Al SHalhub 88), Yosir Al SHahroni, Nikolas Milesi, Naval Al Obid, Salim Al Dosari, Osama Havsavi, Muhammad Jahfali, Umar Harbin (Muhtor Falattah 62).
Ogohlantirishlar: Ugajin 13, Makino 27, Nagasava 71 - Otayf 20, Al-Dosari 72, Al Obid, Al Dosari 78, Al-Qahtoni.
CHetlatish: Al-Dosari 78 (ikkinchi sariq kartochka).
Fikrlar