30 avg 08:03
Yangiliklar
Tennis

US Open-2016 g'olibasi birinchi davradayoq mag'lubiyatga uchradi
Germaniyalik tennis malikasi Angelik Kerber “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi US Open turniridagi ishtirokini muddatidan ancha avval yakunlashga majbur bo'ldi.
Musobaqada oltinchi raqam ostida tasniflangan Kerber AQSH Ochiq chempionatining amaldagi g'olibasi ham edi. Germaniyalik raketka ustasi dunyo reytingida 45-pog'onadan joy olgan yaponiyalik Naomi Osakaga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 6 daqiqa
davom etgan bahsda Kerber bor yo'g'i 4 ta geymni yutib olishga erishdi, xolos.
Uchrashuvda Osaka 6:3, 6:1 hisobida zafar quchdi. Nyu-York shahrida o'tkazilayotgan US
Open turnirining sovrin jamg'armasi 24 million 193 ming 400 dollarni tashkil
etadi.
Havola :
Fikrlar