02 sen 12:31
Yangiliklar
Tennis
US Open. Arina Sobolenko uchinchi davrada!
Nyu-York shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionati davom etmoqda.
US Open musobaqasining ayollar o'rtasidagi bahslarida muvaffaqiyatli start olgan dunyoning ikkinchi raketkasi Arina Sobolenko uchinchi davraga yo'l oldi. Belaruslik tennis malikasi 59 daqiqa davom etgan ikkinchi davra uchrashuvida reytingning 40-pog'onasidan joy olgan sloveniyalik Tamara Zidanshekni mag'lub etdi - 6/3, 6/1.
Arina bahs davomida 4 ta, Tamara esa 1 ta eys zarbasini ijro etdi. Sobolenko ushbu g'alabasi evaziga tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida 2:1 hisobida oldinga chiqib oldi. Endi Arina Sobolenko AQSH Ochiq chempionatining uchinchi davrasida amerikalik Daniel Kollinzga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar