05 sen 08:44
Yangiliklar

US Open (ATP): CHorak finalning barcha juftliklari malum
Sovrin jamg'armasi 24,1 million dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning bosh mukofoti uchun asosiy davogar bo'lgan tennischilar nimchorak final uchrashuvini g'alaba bilan yakunlashdi.
Jumladan, dunyoning birinchi raketkasi ispaniyalik Rafael Nadal nimchorak finalda ukrainalik Aleksandr Dolgopolovni 6:2, 6:4, 6:1 hisobida mag'lub etdi. Bugun u yarim final chiptasi uchun rossiyalik Andrey Rublevga qarshi kortga chiqadi.
Dunyoning uchinchi raqamli tennischisi shveycariyalik Rojer Federer esa germaniyalik Filipp Kolshrayberdan 6:4, 6:2, 7:5 hisobida ustun keldi. Bugun Rojer chorak finalda argentinalik Xuan-Martin del Potro bilan to'qnash keladi.
US Open-2017. CHorak final juftliklari:
Rojer Federer (SHveycariya, 3) – Xuan-Martin del Potro (Argentina, 24)
Pablo Karreno-Busta (Ispaniya, 12) – Diego SHvarcman (Argentina, 29)
Rafael Nadal (Ispaniya, 1) – Andrey Rublev (Rossiya)
Sem Kuerri (AQSH, 17) – Kevin Anderson (JAR, 28)
Fikrlar