06 sen 10:50
Yangiliklar
Tennis
US Open. Daniil Medvedev to'rtinchi davraga yo'l oldi
Dunyoning beshinchi raketkasi Daniil Medvedev AQSH Ochiq chempionatining to'rtinchi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Rossiyalik tennis yulduzi 1 soatu 48 daqiqa davom etgan uchrashuvda ATP reytingining 138-pog'onasidan joy olib turgan amerikalik Jeff Volfni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lub etdi - 6/3, 6/3, 6/2.
Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. 24 yoshli Medvedev 13 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Endi Daniil US Open turnirining to'rtinchi bosqichida vengriyalik Marton Fuchovichdan ustun kelgan amerikalik Frensis Tiafoga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar