07 sen 09:52
Yangiliklar
Tennis

US Open. Federerni yutgan Del Potro so'nggi yarim finalchiga aylandi
AQSHning Nyu-York shahrida o'tkazilayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi US Open turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Musobaqaning erkaklar o'rtasidagi yakkalik bahslarida so'nggi chorak final uchrashuvi o'tkazildi. Biroz kutilmaganda dunyoning uchinchi raketkasi shveycariyalik Rojer Federer argentinalik Xuan Martin Del Potroga yutqazib qo'ydi.
2 soatu 54 daqiqa davom etgan bahsda dunyo reytingida 28-o'rinni egallab turgan Del Potro nomdor raqibini 7:5, 3:6, 7:6(10:8), 6:4 hisobida taslim etdi.
Endi argentinalik tennischi yarim finalda dunyoning birinchi raketkasi ispaniyalik Rafael Nadalga qarshi kortga chiqadi. Ikkinchi yarim finalda ispaniyalik Pablo Karreno-Busta va Janubiy Afrika Respublikasi vakili Kevin Anderson o'zaro to'qnash kelishadi.
Havola :
Fikrlar