So’nggi yangiliklar

19:05US Open теннис тарихида рекорд даражадаги соврин жамғармасини эълон қилди 0 18:42Мавлонбек Миркомилов Тошкентдаги Octagon 91 турнирида жанг қилади 0 18:05Моуринью ҳакамларни майдонда Винисиусни ҳимоя қилишга чақирди 0 17:17Мужибилло Турсунов рингга қайтяпти. У Россияда жанг қилади 0 16:30ИНТЕРВЬЮ. Учинчи Олимпиада? Борсам ҳам кумушга рози бўлмайман! — Ҳасанбой Дўсматов 0 15:47Енгил атлетикачиларимиз Марказий Осиё очиқ чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 15:12Жон Жонс UFC’га допинг-тест топширишда давом этяпти 0 14:41"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси жамоани тарк этиши мумкин 0 14:10Усман Нурмагомедов UFC баннерлари фонида сирли пост қолдирди + ФОТО 0 13:46Dana White’s Contender Series ғолиби UFC`да 11 миллион доллар ишлаб топди 0 13:17Ўзбекистон крикет федерацияси Осиё крикети бошқарувидаги иштирокини янада мустаҳкамлади 0 12:42Чемпионлар Лигасининг 2026/2027 йилги мавсуми умумий босқичининг 36 та иштирокчисидан 32 таси маълум бўлди 0 12:13Мовсар Евлоев чемпионлик жангидан сўнг фаолиятини якунлаши мумкин 0 11:41Робот Усэйн Болтнинг рекордини янгилади 0 11:07Дзюдо бўйича терма жамоамиз янги бош мураббий қўл остида Lausanne Grand Slam 2026 турнирига йўл олди (Тўлиқ таркиб) 0

12 sen 15:51
Yangiliklar

Tennis

US Open finali uchun PREVYU

Bugun AQSHning Nyu-York shahrida qiziqarli va murosasiz o'tgan US Open musobaqasining ayollar o'rtasidagi final bahsida Viktoriya Azarenko va Naomi Osaka kortga chiqishadi.

Aslida har ikki tennischi ikki hafta avval “Western & Southern Open”ning finalida bahs olib borishi lozim edi. Ammo Osaka finalda o'ynashdan bosh tortgani sababli bahs bekor bo'lgandi, endi muxlislar bu finalni AQSH Ochiq chempionatida ko'rishlari mumkin.

Naomi Osakaning finalga qadar bosib o'tgan yo'li:

Birinchi davra: Naomi Osaka — Misaki Doi 6/2, 5/7, 6/2

Ikkinchi davra: Naomi Osaka — Kamila Jorji 6/1, 6/2

Uchinchi davra: Naomi Osaka — Marta Kostyuk 6/3, 6/7(4), 6/2

To'rtinchi davra: Naomi Osaka — Anett Kontaveyt 6/3, 6/4

CHorak final: Naomi Osaka — SHelbi Rojers 6/3, 6/4

Yarim final: Naomi Osaka — Jennifer Bredi 7/6(1), 3/6, 6/3.

Naomi hozircha o'nta bahsda mag'lub bo'lmadi. U birinchi zarbalarining 81% da g'alaba qozongan. O'zining geymlarini 93%da g'alabaga erishgan.

Viktoriya Azarenkoning finalga qadar bosib o'tgan yo'li:

Birinchi davra:Viktoriya Azarenko — Barbara Xaas — 6/1, 6/2

Ikkinchi davra: Viktoriya Azarenko — Arina Sobolenko — 6/1, 6/3

Uchinchi davra: Viktoriya Azarenko — Iga Svyontek — 6/2, 6/2

To'rtinchi davra: Viktoriya Azarenko — Karolina Muxova — 5/7, 6/1, 6/4

CHorak final: Viktoriya Azarenko — Elize Mertens — 6/1, 6/0

Yarim final: Viktoriya Azarenko — Serena Uilyams — 1/6, 6/3, 6/3

Azarenko ham Osakaga o'xshab oxirgi o'nta uchrashuvda mag'lub bo'lmadi.

Umumiy hisobda tennischilar o'zaro uch marta bahs olib borishgan. Uchta uchrashuvdan 2 tasida yaponiyalikning qo'li baland kelgan. Bitta bahsda esa Viktoriya zafar quchgan.

Osaka «Katta dubulg'a» turnirlarining chorak finaliga etib borgan taqdirda, doim chempionlikni qo'lga kiritgan. Azarenko esa faoliyati davomida to'rt marta «Ulkan toj» musobaqalarining finaliga etib borgan va ikki marta g'alaba qozongan va ikkitasida mag'lub bo'lgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing