04 sen 16:25
Yangiliklar
Tennis
US Open. Grigor Dimitrovda mag'lubiyat
AQSHning Nyu-York shahrida o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi US Open turniri o'zining qizg'in pallasiga kirib boryapti.
Kutilmaganda dunyoning 20-raketkasi Grigor Dimitrov ikkinchi davra uchrashuvida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Bolgariyalik tennischi reytingning 66-pog'onasidan joy olgan vengriyalik Marton Fuchovichga yutqazib qo'ydi - 7/6(5), 6/7(4), 6/3, 4/6, 1/6.
Uchrashuv 4 soatu 50 daqiqa davom etgan. Grigor 6, Marton 5 ta eys zarbani amalga oshirdi. Fuchovich o'zaro ikkinchi bahsda ham Dimitrovni mag'lub eta oldi. Endi u US Open uchinchi davrasida amerikalik Frensis Tiafoga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar