01 sen 07:40
Yangiliklar
Tennis
US Open. Ikki uchrashuv turnir rekordini yangiladi, yana biri takrorladi
Ayollar o'rtasidagi US Open turnirining birinchi kunida birdaniga ikkita uchrashuv eng uzoq davom etgan o'yin sifatida musobaqa rekordini yangiladi.
Ispaniyalik Rebeka Masharova va ruminiyalik Ana Bogdan kortda 3 soatu 38 daqiqa harakat qilishdi. Belgiyalik Eliza Mertens hamda shveciyalik Rebekka Peterson o'rtasidagi bahs esa 3 soatu 40 daqiqa davom etgan. Avvalgi rekord 2015 yilda o'rnatilgan bo'lib, o'shanda o'yin 3 soatu 20 daqiqa davom etgan edi.
US Open turnirining birinchi davrasida Olga Danilovichga yutqazgan 20 yoshli amerikalik Alisiya Parks uchrashuv davomida soatiga 208 km tezlikda to'pni o'yinga kiritdi va hamyurti Vinus Uilyams tomonidan 2007 yilda o'rnatilgan rekordni takrorladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar