01 sen 15:39
Yangiliklar

US Open. Jokovich ikkinchi bosqichda
Kecha AQSHning Nyu-York shahrida Katta Dubulg'a turkumiga kiruvchi US Open turnirining asosiy to'r bahslari start oldi.
Sayyoramizning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich turnirning ilk davrasida Bosniya vakili Damir Jumxurga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 58 daqiqa davom etgan uchrashuvda Novak raqibini 6:1 6:4, 6:1 hisoblarida taslim etishni uddalab, ikkinchi davraga yo'l oldi.
Endi serbiyalik tennischi ikkinchi davrada Britaniya vakili Kayl Edmundga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar