04 sen 11:52
Yangiliklar
Tennis
US Open. Milosh Raonich "etib keldi". Unga 29 ta eys ham yordam bermadi
AQSHning Nyu-York shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi US Open turniri davom etmoqda.
Dunyoning 18-raketkasi, kanadalik Milosh Raonich biroz kutilmaganda musobaqaning ikkinchi davrasida vatandoshi Vashek Pospishilga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 7/6(1), 3/6, 6/7(4), 3/6.
Kanadaliklar kortda 3 soatu 18 daqiqa harakat qilishgan. Miloshga 29 ta eys zarbasi ham yordam bermagan. Vashekda bu ko'rsatkich 19 tani tashkil etdi. O'zaro uchrashuvlarda Pospishil oldinda - 5:3. Pospishil US Open turnirining uchinchi bosqichida ispaniyalik Roberto Bautista-Agutga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar