07 sen 08:42
Yangiliklar

US Open. Nadal - uchinchi yarim finalchi!
Musobaqaning erkaklar o'rtasidagi yakkalik bahslarida chorak final uchrashuvlari o'tkazilyapti. Dunyoning birinchi raketkasi ispaniyalik Rafael Nadal rossiyalik Andrey Rublyovga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 36 daqiqa davom etgan bahsda Nadal dunyo reytingida 53-o'rinni egallab turgan 19 yoshli raqibini 6:1, 6:2, 6:2 hisobida taslim etdi. Uning yarim finaldagi raqibi ayni daqiqalarda davom etayotgan Rojer Federer - Xuan Martin Del Potro uchrashuvidan so'ng malum bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, kecha
o'tkazilgan chorak final uchrashuvlarida ispaniyalik Pablo Karreno-Busta hamda Janubiy
Afrika Respublikasi vakili Kevin Anderson g'alaba qozonib, o'zlari uchun yarim final
masalasini ijobiy hal qilishgandi.
Fikrlar