04 sen 12:34
Yangiliklar
Tennis
US Open. Rafael Nadal qiyinchiliksiz keyingi bosqichga yo'l oldi
Nyu-Yorkda AQSH Ochiq chempionati davom etmoqda.
Sayyoramizning uchinchi raqamli tennischisi Rafael Nadal uchinchi davrada Franciya vakili Rishar Gaskega qarshi kortga chiqdi. 2 soat 17 daqiqa davom etgan bahsda Rafa raqibini 6:0, 6:1, 7:5 hisoblarida taslim etdi va keyingi bosqichga yo'l oldi. Bu sportchilarning o'zaro 18 bahsi bo'ldi. Qizig'i, uchrashuvlarning barchasida ispaniyalik tennischining qo'li baland kelgan.
Uning navbatdagi raqibi AQSH vakili Frensis Tiafo bo'ladi
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar