04 sen 08:10
Yangiliklar
Tennis

US Open. Sevastova Mariya SHarapovani to'xtatdi
Rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapova “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatining chorak finaliga chiqa olmadi.
SHarapova US Open turnirining to'rtinchi davra uchrashuvida latviyalik Anastasiya Sevastovaga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 16 daqiqa davom etgan bahsda Mariya raqibasiga 7:5, 4:6, 2:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Anastasiya Sevastova o'z
foliyatida ikkinchi marotaba AQSH Ochiq chempionatining chorak finaliga chiqdi. Uning
yarim final yo'lidagi raqibasi amerikalik Sloan Stivens bo'ladi.
Havola :
Fikrlar