02 sen 18:37
Yangiliklar
Tennis
US Open. Stefanos Cicipas o'yin vaqtida hojatxonaga kirish uchun tanaffus oldi, tribunadagilar esa...
Greciyalik tennischi Stefanos Cicipas US Open turnirining ikkinchi davrasida franciyalik Adrian Mannarinoga qarshi kortga chiqdi.
Uchinchi setdagi mag'lubiyatdan so'ng Cicipas hojatxonaga kirish uchun tanaffus oldi. U deyarli sakkiz daqiqagacha kortga chiqmadi. Tribunadagilar esa unga nisbatan hushtakbozlik qilishdi.
"Men tanaffus qilib, kiyinib olishim kerak edi. CHunki futbolka va krossovkam xo'l bo'lib ketgandi. To'rtinchi setda esa men yaxshi o'ynadim va koncentraciyani yo'qotmadim. Bu g'alabam kaliti bo'ldi", - dedi Cicipas.
Havola :
Manba : Tennis Majors
Fikrlar