06 sen 08:51
Yangiliklar

US Open (WTA): Stivens va Uilyams 1/2 finalda
Sovrin jamg'armasi 24,1 million dollarni tashkil qiluvchi AQSH Ochiq chempionatining xotin-qiz tennischilar musobaqasi yakkalik bahslarida yarim finalning ikki ishtirokchisi malum bo'ldi.
Turnirning ikkinchi raketkasi
chexiyalik Petra Kvitova biroz kutilmaganda amerikalik Vinus Uilyamsga 3:6, 6:3,
7:6(2) hisobida imkoniyatni boy berdi. Amerikalik Sloan Stivens esa latviyalik
Anastasiya Sevastovadan 6:3, 3:6, 7:6(4) hisobida ustun keldi.
US Open-2017. CHorak final
Sloan Stivens (AQSH) – Anastasiya Sevastova (Latviya, 16) 6:3, 3:6, 7:6 (4)
Vinus Uilyams (AQSH, 9) – Petra Kvitova (CHexiya, 13) 6:3, 3:6, 7:6 (2)
Bugungi o'yinlar:
Medison Kiz (AQSH, 15) – Kayya Kanepi (Estoniya)
Karolina Plishkova (CHexiya, 1) – Koko Vandevege (AQSH, 20)
Fikrlar