22 apr 10:31
Yangiliklar
45 yoshli Vinus Uilyams ketma-ket 10-mag'lubiyatini qabul qilib oldi
Dunyoning 479-raketkasi bo'lib turgan Vinus Uilyams so'nggi paytlarda turnir tashkilotchilari tomonidan berilayotgan imtiyozli yo'llanmalar asosida asosiy davrada to'g'ridan-to'g'ri qatnashib kelmoqda. Ammo barcha turnirlar startidayoq amerikalik 45 yoshli tennischi mag'lubiyatga uchramoqda.
Jumladan, kecha u Madriddagi turnirning birinchi bosqichida WTA reytingida 140-pog'onada borayotgan ispaniyalik Keytlin Kevedoga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 2/6, 4/6. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Bir yuz bir daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham eys zarbasini amalga oshira olmadi. Uilyams ketma-ket 10-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. U so'nggi bor 2019 yilgi Rim turnirida zafar quchgandi.

Fikrlar